“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko mamlakatning Rossiya bosqiniga ko‘rsatgan 2 yillik qarshiligini sarhisob qildi. U Rossiyada “sun’iy ravishda yaratilgan davlat” haqidagi ritorika faqat uning davlatiga qaratilmaganini ta’kidladi. “Rossiyaning agressiv rejalari Ukrainadan ancha uzoqqa cho‘ziladi”, dedi u.
Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekiston bilan 2024-yilgi hamkorlik haqida gapirdi. Mamlakatlar iqtisodiy “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish niyatida, Toshkentda Ukraina farmatsevtika kompaniyalari loyihalari davom etmoqda, Kiyevda esa ukrainalik rassomlarning O‘zbekiston haqidagi suratlari namoyish etiladi.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.
O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.
Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahriga Muzaffar Rajabboyev hokim etib tayinlandi. U bungacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shaharning sobiq hokimi fevral boshida lavozimini tark etganini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirgandi.
Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumaniga hokim bo‘ldi. Yanvar oxirida prezident bosh vazirga 2023-yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani tufayli Qo‘shtepa sobiq hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgandi.
Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.
Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.
“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.
O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.
Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting