O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Asilbek Anvarovich Xudayarov administratsiyaning Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Alisher Sa’dullayevning o‘rnini egalladi. Qolaversa, Asilbek Xudayarov o‘z vaqtida Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Gayane Olegovna Umerova departamentning rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, u Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy rivojlanish departamentiga Odil Abdurahmonov rahbarlik qiladi. Alisher Sa’dullayev uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Shuningdek, Jobir Odilovich Azimov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.