O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Bugun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar O‘zbekiston-Fransiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Avval xabar qilinganidek, davlat rahbarlari savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalar va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadi.