Prezident administratsiyasida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

G‘ayratulla Xabibullayevich Yoziyev prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Qahraman Ramatullayevich Sariyev prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

prezident администрацияси, tayinlovlar
Qahraman Sariyev. Foto: karakalpakstan.uz.

Ulug‘bek Islomovich Muxammadiyev prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Prezidenti xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

prezident администрацияси, tayinlovlar
Ulug‘bek Muhammadiyev. Foto: Abdullo Yodgorov / “Gazeta.uz”

Umar Sapayevich Ismailov Prezident xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu paytgacha Ismailov prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

prezident администрацияси, tayinlovlar
Umar Ismailov. Foto: Namangan viloyati hokimligi.

Avvalroq Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga Asilbek Xudayarov birinchi o‘rinbosar bo‘lgandi. Shuningdek, Gayane Umerova departament rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Jobir Azimov esa prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan.