Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Shu vaqtgacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Azim Soatmurod o‘g‘li Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda Qamashi tumanining sobiq hokimi Botir Normahmadovich Tog‘ayev ishlab kelayotgandi.

vazir o‘rinbosarlarи, qishloq xo‘jaligi vaziri

Azim Nazarov 1976-yil 26-mayda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Gidromelioratsiya fakultetini tamomlagan. 1997−2000-yillarda AQShning Texas A&M universitetida agrotexnika mutaxassisligi magistrlik darajasini olgan.

Faoliyatini 2000−2001-yillarda Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazining hududiy suv xo‘jaligi bo‘limida mutaxassislikdan boshlagan.

2018−2021-yillarda Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil mart oyidan buyon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Prezident administratsiyasi agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelgan Akmal Qosimov vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

vazir o‘rinbosarlarи, qishloq xo‘jaligi vaziri

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Bunyod Oxunov ham vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

vazir o‘rinbosarlarи, qishloq xo‘jaligi vaziri

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgandi. 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgan Aziz Voitov lavozimidan ozod etilgan.