Sirdaryo viloyati Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda ayni kunga qadar “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Avvalroq Shirinning sobiq hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Anvar Karimov esa Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlani haqida xabar berilgandi.