Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni kechqurun Samarqandda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni qabul qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

“Qadrli do‘stim, xayrli kech. Juda xursandman. Anchadan beri kutgandim”, — dedi O‘zbekiston rahbari. Bunga javoban Makron shunday dedi: “Men va’da berganman… Shunday qilib, do‘stlar uchrashdi”.

Davlat rahbarlari kechasi Samarqand bo‘ylab sayr qildi, UNESCO`ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon me’moriy ansamblini ziyorat qildi. “Barcha yo‘llar Samarqandga olib boradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev tabassum bilan.

Keyin prezidentlar “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuaga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, jumladan, oliy darajadagi muzokaralar 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Makron Fransiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurgan ikkinchi rahbari bo‘ldi. Bungacha Fransiya prezidenti Fransua Mitteran 1994-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

Video

Foto

франция, шавкат мирзиёев, эммануэль макрон

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.