6-may kuni Tashqi ishlar vazirligida Moldovaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverdan ishonch yorliqlari qabul qilindi.

Vazir Baxtiyor Saidovning qayd etishicha, muloqot chog‘ida aloqalarining hozirgi holati ko‘rib chiqildi va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Janob elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi TIV rahbari.