29-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Uning mehnat ta’tili bir hafta davom etdi — prezident o‘tgan dushanbada ta’tilga chiqqandi.

Dushanba kuni davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Shuningdek, joriy haftada u III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.