Usmon Ibrohimovich Alimov 2-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U 1983-yil 6-aprelda Denov tumanida tug‘ilgan. 2007-yil va 2014-yilda Termiz davlat universitetini, 2021-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.
Alimov 2013—2019-yillarda viloyat hokimligida turli vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
2023-yilning yanvar oyi oxiridan buyon Sherobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.