2-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Samarqandda oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oliy martabali mehmon shohsupaga taklif qilindi. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Tomonlar O‘zbekiston-Fransiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi, deyiladi xabarda.

Avval xabar qilinganidek, davlat rahbarlari savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalar va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadi.

Foto

президент, шавкат мирзиёев, эммануэль макрон