Komiljon Sobirovich Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

Komiljon Komilov 1980-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2002-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar u Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Komiljon Komilov 2022-yilning ferlada tayinlangan Nasibulla Mo‘minovning o‘rnini egalladi. U esa Asaka tumani hokimi lavozimida ish boshladi.