Siyosat

Xodimlarni xizmat safarlariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
3 avgust 2022, 11:20

Xodimlarni xizmat safarlariga yuborishning yangi tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan xizmat safari uchun transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarining cheklangan miqdori belgilandi. Qolaversa, ayrim toifadagi ishchilardan tashqari boshqa xodimlar 30 kundan ortiq safarda bo‘lishi taqiqlanmoqda. Xarajatlarni onlayn yuritish uchun maxsus dastur va mobil ilova ishlab chiqiladi.

Prezident Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarini qabul qildi
3 avgust 2022, 09:12

Prezident Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘li hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovni qabul qildi. Muzokaralarda uch tomonlama sheriklik, qolaversa, kuzda Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»
2 avgust 2022, 21:13

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan «tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari» shu shior ostida o‘tkaziladi. Tadbirlar dasturi prezident tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi
1 avgust 2022, 11:15

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi
1 avgust 2022, 09:50

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish muddati o‘z yakuniga yetdi. Konstitutsiyaviy komissiya 117 mingdan ortiq taklif yuborilganini ma’lum qildi. Deputatlar loyihani takomiliga yetkazadi. Bu jarayon qanchalik ochiq bo‘lishi esa hozircha noma’lum.

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
1 avgust 2022, 00:35

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Mobil-ID tizimi, Ochiqlik indeksi yuritiladigan davlat organ va tashkilotlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga 15 mln so‘mgacha subsidiya berilishi, kinoteatrlar uchun ishga tushgan maxsus axborot tizimi, «O‘ztransgaz» kompaniyasining huquqiy vorisiga aylangan «UzGasTrade» — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

«Jamiyatimizda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish muhim» — prezident
30 iyul 2022, 21:43

«Jamiyatimizda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish muhim» — prezident

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mana shunday murakkab zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, bebaho boylik bo‘lmish barqarorlikni saqlash, jamiyatda ko‘pmillatli katta yagona oila tuyg‘usini kuchaytirish qanchalik muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini ta’kidladi.

“Islohotlar oldinga siljishi, strategiyalar darajasida qolib ketmasligi muhim” — YeIning O‘zbekistondagi elchisi
30 iyul 2022, 13:10

“Islohotlar oldinga siljishi, strategiyalar darajasida qolib ketmasligi muhim” — YeIning O‘zbekistondagi elchisi

YeI elchisi Sharlotta Adrian “Gazeta.uz” ga Kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvning ustuvor yo‘nalishlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati va prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari haqida gapirdi. U Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi
30 iyul 2022, 10:54

Qoraqalpog‘iston IIVga yangi rahbar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda kadrlar o‘zgarishi davom etmoqda. Bungacha Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan Baxtiyar Torebekov respublika ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Mudofaa vazirligi davlat xaridlari sohasida qonunbuzarliklar haqidagi xabarni rad etdi
30 iyul 2022, 09:48

Mudofaa vazirligi davlat xaridlari sohasida qonunbuzarliklar haqidagi xabarni rad etdi

Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun buzilishi haqidagi xabarini rad etdi. Huquqbuzarliklar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan «Xarbiy savdo» korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida sodir etilgan, deyiladi xabarda.

«IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi» — Shavkat Mirziyoyev
29 iyul 2022, 19:24

«IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni IT-mutaxassislar bilan uchrashib, mas’ul rahbarlarga internet qamrovi va sifatini keskin oshirish, Astrum namunasida hududlarda IT-akademiyalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va raqamlashtirishni birinchi galdagi vazifalar qatoriga olib chiqishni buyurdi.

Vladimir Norov Samarqandda SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishini ma’lum qildi
29 iyul 2022, 15:41

Vladimir Norov Samarqandda SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishini ma’lum qildi

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha birlashgan pozitsiyalarini aks ettiruvchi deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilmoqda — Vladimir Norov SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lum qildi.

RF va O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati bilan ishlash bo‘yicha yaqin pozitsiyaga ega — Sergey Lavrov
29 iyul 2022, 09:37

RF va O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati bilan ishlash bo‘yicha yaqin pozitsiyaga ega — Sergey Lavrov

RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunida Rossiya O‘zbekiston bilan Afg‘onistondagi mavjud voqelikni tan olish va hozirgi rahbariyat bilan shu haqiqatlarga asoslanib ishlash kerakligi borasida juda yaqin pozitsiyaga egaligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti Rossiya TIV rahbarini qabul qildi
28 iyul 2022, 19:53

O‘zbekiston prezidenti Rossiya TIV rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish va iqtisodiy tiklanishiga ko‘makni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
28 iyul 2022, 19:35

O‘zbekiston prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti kun tartibini, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, innovatsiyalar, muqobil energetika, bulutli texnologiyalar va IT sohasida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi tasdiqlandi
28 iyul 2022, 15:11

AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodi tasdiqlandi

AQSh Senati Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Deniyel Rozenblyum esa mamlakatning Qozog‘istondagi elchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Isroil mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzoladi
28 iyul 2022, 10:04

O‘zbekiston va Isroil mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston va Isroil hukumatlari o‘rtasida o‘zbekistonlik ishchilarni Isroil mehnat bozorining maxsus sektorlarida vaqtincha ish bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim imzolandi.

Prezident anomal issiqda paxta hosilini saqlab qolish uchun «dolzarb 30 kunlik» e’lon qildi
28 iyul 2022, 09:54

Prezident anomal issiqda paxta hosilini saqlab qolish uchun «dolzarb 30 kunlik» e’lon qildi

Anomal issiq paxtachilik uchun favqulodda vaziyat, lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur, dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev barcha hududlarda g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni amalga oshirish uchun «dolzarb 30 kunlik» e’lon qildi.

“Bugundan boshlab men biznesmen emasman” — Komil Allamjonov
27 iyul 2022, 08:57

“Bugundan boshlab men biznesmen emasman” — Komil Allamjonov

Prezident Administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi hamda barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi. “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”, — dedi u.

Komil Allamjonov prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi
26 iyul 2022, 21:59

Komil Allamjonov prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting