Qoraqalpog‘istonda yangi ichki ishlar vaziri etib Baxtiyar Torebekov tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.

Baxtiyar Torebekov bungacha Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Avvalgi vazir — bu lavozimda besh oydan kamroq vaqt ishlagan Amanbay Orinbayev yaqinda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida 2016−2017 yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkabay Tajiyev respublikaning yangi prokurori etib tayinlangani ma’lum qilindi. U bu lavozimda Farhat Allambergenov o‘rnini egalladi.