25−27 iyul kunlari mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Isroilda ishchi tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashrif davomida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida o‘zbekistonlik ishchilarni Isroil mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim va ushbu bitimni amalga oshirish bayonnomasi imzolandi.

Hujjatlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan va O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda tashkiliy, xavfsiz va qonuniy mehnat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.