O‘zbekiston va Rossiya Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati bilan ishlash niyatini tasdiqladi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«O‘zbek do‘stlarimiz bilan Afg‘onistondagi mavjud voqelikni tan olish va hozirgi rahbariyat bilan shu haqiqatlarga asoslanib ishlash kerakligi borasida juda yaqin pozitsiyaga egamiz», — dedi u.

Rossiya diplomatining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti bilan barcha muhokamalar doirasida Afg‘oniston alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

«Toshkent an’anaviy tarzda bir necha yillardan buyon Afg‘oniston mavzusi va uning tashqi oqibatlari muhokama qilinadigan maxsus xalqaro tadbirlarning poytaxti bo‘lib kelmoqda», — deya ta’kidladi Sergey Lavrov.

26 iyul kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston hukumatini yaqin kelajakda tan olish masalasi hozir kun tartibida yo‘qligini ta’kidlagandi. Biroq u «Tolibon» harakati va jahon hamjamiyatining umumiy til topishga harakat qilayotgani ijobiy tendensiya ekanligini aytdi.