Siyosat

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi
10 avgust 2022, 13:15

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi

2017 yildan beri Oliy sudga raislik qilgan, 13 iyulda lavozimga qayta tayinlangan Kozimjon Komilov iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini prezident maslahatchisi Baxtiyor Islamov egallashi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi
10 avgust 2022, 12:19

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi

Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
10 avgust 2022, 10:21

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi, qolaversa, extiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Avvalroq Permdagi o‘zbeklar tashkiloti rahbari Jahongir Jalolov shunday da’vat bilan chiqqan edi.

«Tariximizda juda katta iz qoldirdingiz». Prezident telefon orqali shaxmatchilarni Olimpiadadagi g‘alaba bilan tabrikladi
9 avgust 2022, 21:30

«Tariximizda juda katta iz qoldirdingiz». Prezident telefon orqali shaxmatchilarni Olimpiadadagi g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali O‘zbekiston shaxmatchilarini Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati suhbat videosini e’lon qildi.

O‘zbekistonliklardan harbiy harakatlarda qatnashishga oid da’vatlarga ergashmaslik so‘raldi
9 avgust 2022, 18:03

O‘zbekistonliklardan harbiy harakatlarda qatnashishga oid da’vatlarga ergashmaslik so‘raldi

Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari Jahongir Jalolov vatandoshlarini Ukrainadagi harbiy harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi «bunday da’vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikni» so‘ramoqda.

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?
9 avgust 2022, 16:13

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?

Prezident «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. U tanlov asosida (haftasiga 5 kunlik) ishga qabul va kadrlar rotatsiyasi, qolaversa, tadbirkorlik qilish, xorijda hisobraqam ochish va manfaatlar to‘qnashuvini taqiqlash, daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiyalashni nazarda tutadi.

1-yanvardan advokatlik faoliyati elektron tizim orqali litsenziyalanadi
6 avgust 2022, 16:14

1-yanvardan advokatlik faoliyati elektron tizim orqali litsenziyalanadi

Hukumat qarori bilan 1-yanvardan advokatlik faoliyati maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi. Talabgor yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik, advokatlik tuzilmasida esa 3 oylik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Malaka imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tganlarga cheklanmagan muddatga litsenziya beriladi.

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
6 avgust 2022, 09:40

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

O‘zbekiston TIV Londondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi. Hujumchilar Ozarbayjon bayrog‘ini yirtib tashlagan va binoga arabcha yozuvlar yozib qo‘ygan. Sakkiz kishi hibsga olingan.

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov
5 avgust 2022, 16:52

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga oid tizim va qonun loyihasi allaqachon tayyor, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. U keyinroq qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar e’tirozi tufayli takomillashtirilayotganini aytdi. Prezident farmoniga muvofiq, tizim 1 yanvardayoq ishga tushishi kerak edi.

«Senat „adi-badi“ aytishib o‘tiradigan joy emas». Tanzila Narbayeva agentlik direktori va vazir debati haqida
5 avgust 2022, 11:30

«Senat „adi-badi“ aytishib o‘tiradigan joy emas». Tanzila Narbayeva agentlik direktori va vazir debati haqida

Senatda Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov 2021 yilda sog‘liqni saqlash tizimi eng korrupsiyalashgan soha bo‘lganini ma’lum qildi. SSV rahbari esa buni «katta raqamlar ortidan quvish» deb atadi va sudda o‘z tasdig‘ini topganini shubha ostiga oldi. Tanzila Narbayeva bahsga aralashishga majbur bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga yil yakunigacha ma’muriy islohotlarni yakunlashni topshirdi
4 avgust 2022, 17:54

Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga yil yakunigacha ma’muriy islohotlarni yakunlashni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Administratsiya rahbari Sardor Umurzakovga yil yakuniga qadar “ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini” joriy qilish orqali ma’muriy islohotlarni yakunlashni buyurdi. Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun esa hanuz imzolanmadi.

Barcha vazirliklar ish uslubini o‘zgartiradi va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi
4 avgust 2022, 17:09

Barcha vazirliklar ish uslubini o‘zgartiradi va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi

Subsidiya uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi kerak, elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha byurokratiya ko‘p. Shu bois prezident bosh vazirga 1 oyda barcha vazirlik va hokimliklarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xarajatlar va hujjatlarni qisqartirishni buyurdi.

«Hali davlat xizmati xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q» — prezident
4 avgust 2022, 16:48

«Hali davlat xizmati xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q» — prezident

Prezident davlat xizmatini isloh qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu sohadagi muammolarni hal qilish 30 yilga qoldirildi. «Hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q», — dedi davlat rahbari.

“Rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi” — Shavkat Mirziyoyev
4 avgust 2022, 16:32

“Rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat xizmatiga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishini ma’lum qildi. Rahbarlikka nomzodlarni “mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida o‘stirish yo‘lga qo‘yiladi, eski “obyektivka"dan voz kechiladi. Xodimga bilim-tajribasi va ko‘rsatgan natijasiga qarab baho beriladi.

Ochiq ma’lumotlarni oshkor etmagan davlat xizmatchilari jarimaga tortiladi
4 avgust 2022, 13:34

Ochiq ma’lumotlarni oshkor etmagan davlat xizmatchilari jarimaga tortiladi

Ochiqlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun mansabdor shaxslar BHMning 3−5 baravari (900 ming — 1,5 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi. Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnomani esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzadi.

Senat nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni rad etdi
4 avgust 2022, 13:18

Senat nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni rad etdi

Senat Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni rad etdi. Bunga, nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilish va tibbiy ko‘rikdan so‘ng nikohni qayd etish taklifi sabab bo‘ldi. Senatorlarning fikricha, bu muddat yosh turmush qurganlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ajralishlar soni kamayishiga imkon beradi.

O‘zbekiston Tayvan bilan bog‘liq vaziyat tezroq bartaraf etilishiga umid bildirmoqda — TIV
4 avgust 2022, 11:27

O‘zbekiston Tayvan bilan bog‘liq vaziyat tezroq bartaraf etilishiga umid bildirmoqda — TIV

O‘zbekiston «yagona Xitoy» siyosatini va ushbu mamlakatning hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi hamda Tayvan bilan bog‘liq vaziyatda keskinlikning tezroq bartaraf etilishiga umid qilmoqda, deb bayonot berdi TIV.

Prezident tergovchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishni topshirdi
4 avgust 2022, 09:00

Prezident tergovchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishni topshirdi

Prezident surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratishni topshirdi. Bosh prokuratura akademiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yuqori malakali tergovchilar korpusini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 4 avgust kuni chaqiriladi
3 avgust 2022, 17:36

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 4 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 29-yalpi majlisi payshanba kuni chaqiriladi. Unda Uy-joy kodeksini tasdiqlash, Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish, Davlat qarzi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Hukumat va IIVning axboroti eshitiladi, Antikorrupsiya agentligi va Buxoro viloyati hokimining ma’ruzasi ko‘rib chiqiladi.

“Rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”. YXHT Oliy komissari O‘zbekistondagi islohotlar haqida
3 avgust 2022, 12:39

“Rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”. YXHT Oliy komissari O‘zbekistondagi islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev YXHTning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonov bilan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasidagi loyihalarni muhokama qildi. “Mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha rejalar amalga oshishiga menda hech qanday shubha yo‘q”, — dedi YXHT vakili.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting