Siyosat

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
8 iyul 2022, 13:57

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

«Kichik deb qaralgan masala katta muammoga aylanadi» — Tanzila Narbayeva
8 iyul 2022, 11:10

«Kichik deb qaralgan masala katta muammoga aylanadi» — Tanzila Narbayeva

Qoraqalpog‘istondagi fojeali voqealar barcha muammolar xalq bilan muloqotda, o‘z vaqtida hal etilishi zarurligini ko‘rsatdi, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva. U bunday holatlarning oldini olishda xalq vakillari mas’ul ekanini va ularning ishini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi
7 iyul 2022, 16:44

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, o‘g‘itlash, sug‘orish, suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, xususiy urug‘chilik klasterlari tashkil etiladi.

Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
7 iyul 2022, 11:41

Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.

Hududlarning bosh va master rejalari 3 bosqichda ishlab chiqiladi
7 iyul 2022, 11:28

Hududlarning bosh va master rejalari 3 bosqichda ishlab chiqiladi

Prezident loyihalash va qurilish sohasida yangi tizimni e’lon qildi. Hududlarning bosh va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilmoqda. Ular 3 bosqichda tashkil qilinadi. Bosh arxitektor lavozimi joriy etildi, shaharsozlik qoidalaridan 147 ta norma va boshqalar chiqarib tashlanmoqda.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni parafirlash marosimi o‘tkazildi
7 iyul 2022, 10:26

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni parafirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni dastlabki imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu hujjat 1996 yilda qabul qilingan bitimning o‘rnini egallashi va tomonlarning hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Prezident kuchishlatar tuzilmalarning Nukusdagi harakatlariga baho berish bo‘yicha topshiriq berdi
6 iyul 2022, 17:43

Prezident kuchishlatar tuzilmalarning Nukusdagi harakatlariga baho berish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda o‘z yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari voqealarda ishtirok etgan barcha tomonlar harakatiga adolatli baho berishni topshirdi. Kuch tuzilmalari tomonidan noto‘g‘ri kuch ishlatilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ta’minlanishi aytildi.

BMT Oliy komissari Qoraqalpog‘istonda internetni cheklamaslikka chaqirdi
6 iyul 2022, 13:46

BMT Oliy komissari Qoraqalpog‘istonda internetni cheklamaslikka chaqirdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Qoraqalpog‘istondagi voqealarni shaffof va mustaqil tergov qilish kerakligini ta’kidladi va internetga ulanishni cheklamaslikka chorladi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 8 iyul kuni chaqiriladi
6 iyul 2022, 09:24

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 8 iyul kuni chaqiriladi

Senatning 28-yalpi majlisi 8 iyul kuni chaqiriladi. Unda soliq maslahati, aholini tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish, Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot ham beradi.

AQSh Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq tergov qilishga chaqirdi
6 iyul 2022, 09:10

AQSh Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq tergov qilishga chaqirdi

AQSh Davlat departamenti Nukusdagi voqealar bo‘yicha xavotirini hamda qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi. AQSh O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, hukumatni fundamental insoniy huquqlarni, jumladan tinch yig‘ilish va fikr bildirish erkinligini himoya qilishga chaqirdi.

«Separatizm, fitna, provokatsiya». Senator va deputatlar Nukus voqeasiga qanday munosabat bildirdi?
6 iyul 2022, 09:00 1

«Separatizm, fitna, provokatsiya». Senator va deputatlar Nukus voqeasiga qanday munosabat bildirdi?

Qoraqalpog‘iston maqomini Konstitutsiyada o‘zgartirish taklifi ortidan 1−2 iyulda respublikada namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Prezident shaxsan Nukusga borgandan keyingina senator va deputatlar voqeaga o‘z munosabatini bildira boshladi. «Gazeta.uz» qonun chiqaruvchilarning fikrlarini bir materialga jamladi.

Vladimir Putin Qoraqalpog‘istonda ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatladi
5 iyul 2022, 21:07

Vladimir Putin Qoraqalpog‘istonda ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatladi

Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda Rossiya prezidenti davlat rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Rossiya-Ukraina mojarosini yakunlash uchun uchta yo‘l — The Washington Post
5 iyul 2022, 20:18

Rossiya-Ukraina mojarosini yakunlash uchun uchta yo‘l — The Washington Post

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar nafaqat bu ikki mamlakatga, balki butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham kelishuvga erishish zarur va bu borada The Washington Post uch xil yondashuvni taklif qildi.

Qoraqalpog‘istondagi fojia va jamiyat bilan muloqotdagi muammolar
5 iyul 2022, 17:04 1

Qoraqalpog‘istondagi fojia va jamiyat bilan muloqotdagi muammolar

Qoraqalpog‘istondagi fojia jamiyat bilan muloqot qilishga e’tibor berilmasligi hamda strategik muhim qarorlar parda ortida qabul qilinishi nimalarga olib kelishini namoyish qildi.

MO davlatlari rahbarlari 21-iyul kuni Qirg‘izistonda uchrashadi
5 iyul 2022, 16:31

MO davlatlari rahbarlari 21-iyul kuni Qirg‘izistonda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21-iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadi.

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida
5 iyul 2022, 12:50

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Nukus voqealariga munosabat bildirib, «O‘zbekiston tinchlik va birlikni saqlab qolishga qodirligiga» ishonishini ma’lum qildi. Turkiya TIV rahbari esa xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
4 iyul 2022, 20:16

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq va mustaqil tergov qilishga chaqirdi
4 iyul 2022, 18:20

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istondagi voqealarni ochiq va mustaqil tergov qilishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi «Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilishga» chaqirdi. YeI konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha noroziliklarga nisbatan prezident Mirziyoyev tezkor reaksiya bildirganini e’tirof etdi va vaziyat keskinlashuvining oldini olish uchun tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi
4 iyul 2022, 17:35

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Nukusdagi namoyishlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Qolaversa, u vaziyatni ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarni O‘zbekistonning ichki ishi deb atadi
4 iyul 2022, 15:20

Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarni O‘zbekistonning ichki ishi deb atadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi ekani, Kreml mamlakat rahbariyati faollik bilan muammolarni hal etishiga shubha qilmayotganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting