Siyosat

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev
22 avgust 2022, 14:30

«Men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi
22 avgust 2022, 10:48

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
20 avgust 2022, 18:55

100 nafar ishbilarmon yangi ta’sis etilgan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.

Mamlakatni uzoq muddat boshqarish — har doim ham yaxshimi?
20 avgust 2022, 10:50 1

Mamlakatni uzoq muddat boshqarish — har doim ham yaxshimi?

“Yuksalish” harakati “Mamlakatni uzoq muddat boshqargan lider-reformatorlar” sarlavhasi ostida infografika e’lon qildi. Ayrim siyosatchilarning mazkur ro‘yxatga kiritilishi savollarni tug‘diryapti, deb yozmoqda kolumnist Komil Jalilov.

RF Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istondagi voqealarni «rangli inqiloblar»ga urinish deb hisoblaydi
19 avgust 2022, 21:46

RF Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istondagi voqealarni «rangli inqiloblar»ga urinish deb hisoblaydi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentda SHHTga a’zo davlatlardagi hamkasblari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida 2022 yil yanvarida Qozog‘istonda va iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar RF tomonidan G‘arbning «rangli inqiloblarga urinishi» sifatida baholanishini aytdi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi
19 avgust 2022, 10:22

Foto: Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Suratlar.

Saudiya Arabistoni podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi
19 avgust 2022, 09:58

Saudiya Arabistoni podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. U mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.

O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi
18 avgust 2022, 18:46

O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab bayonot berdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

2023 yildan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi
18 avgust 2022, 09:50

2023 yildan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi

Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab 30 kun muddatga Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilinadi.

Foto: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
18 avgust 2022, 09:28

Foto: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Madinada bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi
17 avgust 2022, 23:02

Prezident Shavkat Mirziyoyev Madinada bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi boshlandi. Davlat rahbari birinchi bo‘lib Madina shahrida bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi. Hujrai saodatda Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

Kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda
16 avgust 2022, 20:48

Kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari sentabrda Samarqandda SHHT sammitini tashkil etish hamda joriy yil kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi
16 avgust 2022, 16:22

Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi

O‘zbekiston va Shveysariya 16 avgust kuni Gulnora Karimovaning aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitimni imzoladi. $131 mlnga (taxminan 1,4 trln so‘m) teng aktivlar O‘zbekistonga BMTning «Uzbekistan Vision 2030» ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarilishi kutilmoqda.

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi
16 avgust 2022, 11:09

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi

Prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi
15 avgust 2022, 10:32

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

17−18 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifi bilan Saudiya Arabistoniga boradi. Bu oxirgi 30 yil ichida O‘zbekiston prezidentining ushbu davlatga ilk tashrifi bo‘ladi. Muzokaralardan tashqari, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qilish rejalashtirilgan.

90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi
12 avgust 2022, 23:05

90-moddaga o‘zgartirishlar kiritishni kim taklif qildi? BBC deputat Odiljon Tojiyevdan bu haqda so‘radi

Deputat Odiljon Tojiyev BBC O‘zbek xizmatiga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan maqsad prezident muddatini yangilash ekanligini inkor qildi. U bu haqdagi o‘zgartirish muallifini oshkor qilmadi, biroq minglab fuqarolar hozirgi davlat rahbari islohotlarni davom ettirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud
12 avgust 2022, 16:21

O‘zbekistonda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari mavjud

Prezident metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishida 15 foiz, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilayotgani, qolaversa, jahon bozorida metall narxi oshayotganini ta’kidladi. Bosh vazir maslahatchisi Bobir Islomov mamlakatda 1,2 mlrd tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi
11 avgust 2022, 13:39

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi
10 avgust 2022, 18:36

Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi

Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda
10 avgust 2022, 15:19

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda

Prezident Konstitutsiyaviy suddagi vakant sudya lavozimiga Oliy sud raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Kozimjon Komilov nomzodini taklif qildi. Oliy sud rahbarligiga esa prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodi ilgari surildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting