Siyosat

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
19 aprel 2023, 10:26

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Shunqor Xudoyberdiyev esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

G7 davlatlari TIV rahbarlari Markaziy Osiyo muammolarini hal qilishda hamkorlik qiladi
18 aprel 2023, 19:04

G7 davlatlari TIV rahbarlari Markaziy Osiyo muammolarini hal qilishda hamkorlik qiladi

“Katta yettilik” (G7) TIV rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari duch kelayotgan muammolarni, jumladan “Rossiyaning agressiv urushi oqibatlari, Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashtiruvchi ta’siri, oziq-ovqat va energetika xavfsizligining yetarli emasligi” kabilarni hal etishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
18 aprel 2023, 15:14

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgan edi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18 aprel 2023, 09:14

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Usmanov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasida ishlagan.

Toshkent shahri yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan
17 aprel 2023, 14:54

Toshkent shahri yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
15 aprel 2023, 13:50

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi” — prezident
14 aprel 2023, 19:55

“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi” — prezident

“Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li — Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent va Samarqand 2024-yilda MDH poytaxtlari bo‘ladi
14 aprel 2023, 17:47

Toshkent va Samarqand 2024-yilda MDH poytaxtlari bo‘ladi

2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.

Shuhrat Abdurahmonov ish joyida ko‘rinish berdi (foto)
14 aprel 2023, 11:20

Shuhrat Abdurahmonov ish joyida ko‘rinish berdi (foto)

Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlar fonida Andijon viloyati hokimligi uni ish vaqtida olingan video va suratlarini e’lon qildi.

OAVlar Andijon viloyati hokimi ishdan bo‘shatilgani haqida yozdi, biroq xabar rasman tasdiqlanmadi
14 aprel 2023, 10:10

OAVlar Andijon viloyati hokimi ishdan bo‘shatilgani haqida yozdi, biroq xabar rasman tasdiqlanmadi

Qator internet nashrlari, jumladan, davlat OAVlari Andijon viloyatini qariyb 10 yil boshqargan Shuhrat Abdurahmonovning ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq unga tegishli deya taxmin qilingan intim video tarqalgandi. Ishdan olingani rasman tasdiqlanmadi. Nashrlar o‘z xabarlarini rad eta boshladi.

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar uning hududida yangi loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini bildirdi
14 aprel 2023, 09:05

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar uning hududida yangi loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini bildirdi

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston — TIV rahbarlari uchrashuvida tomonlar ushbu davlatdagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston TIV rahbari ham nutq so‘zladi.

O‘zbekiston mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi — Cotton Campaign
13 aprel 2023, 10:57

O‘zbekiston mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi — Cotton Campaign

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi asoschilaridan biri Bennett Friman O‘zbekiston hukumatini “islohotlarga qaytib, o‘zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka” chaqirdi. “Mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi”, — dedi u.

Mirziyoyev Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rdi — video
12 aprel 2023, 18:19

Mirziyoyev Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rdi — video

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev besh davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
12 aprel 2023, 14:19

Shavkat Mirziyoyev besh davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident 12-aprel kuni Falastin elchisi Javad Avvad, Yaponiya elchisi Xatori Takashi, Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya elchisi Viktor Boretski va Pokiston elchisi Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi gaz inshootini tiklash ishlarini boshladi
12 aprel 2023, 09:37

O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi gaz inshootini tiklash ishlarini boshladi

O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi
11 aprel 2023, 18:15

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
11 aprel 2023, 15:53

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda tovar ayirboshlash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va boshqa masalalarni muhokama qildi. Mamlakatlar rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv dasturi bo‘yicha hamkorlik sermahsul bo‘layotganini ham ta’kidladi.

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi
11 aprel 2023, 11:35

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi

2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi
11 aprel 2023, 11:06

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi

Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi
10 aprel 2023, 16:06

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U javobgarlikka tortilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting