17-aprel kuni prezident qaroriga muvofiq Bobur Usmanov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi va hay’at yig‘ilishida barchaga tanishtirildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar prezident Administratsiyasi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.