Qator OAVlar Andijon viloyati hokim Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlarni tarqatdi. Keyinchalik xabarlar tasdiqlanmadi. Ushbu jarayonlar fonida Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Abdurahmonov ishda ekanini ko‘rsatuvchi suratlarni e’lon qildi.

андижон viloyati hokimи, шуҳрат абдураҳмонов

Xususan, suratlarning birida hokim Paxtaobod tumanidagi sanoat zonasida ketayotgan qurilish ishlari bilan tanishayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, hokim Izboskan tumanidagi “Zamon” tekstil korxonasida ham bo‘ldi va ishchilar bilan suhbatlashdi.

Ushbu tashrifning videosi ham e’lon qilindi. Unda imkoniyati cheklangan yigitga “Prezident sovg‘asi” bergani ham aks etgan.