Samarqand viloyati hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Abilov Feruz Ne’matullayevich Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

самарқанд, тайинлов

Feruz Ne’matullayevich 1978-yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

самарқанд, тайинлов

Shunqor Farmonovich 1971-yilda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.