11-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Muloqot davomida tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan, deyiladi xabarda.

Avvalgi muloqotda rahbarlar iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalarni muhokama qilgandi.