14-aprel kuni Samarqand shahrida Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2024-yilda Toshkent MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti, Samarqand esa madaniy poytaxti maqomini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

“Nazarimda, bu respublikaning MDH doirasidagi hamkorlikdagi faol ishtirokining yaqqol dalili va o‘zbekistonlik do‘stlarimizga hurmat belgisidir”, — dedi MDH bosh kotibi Sergey Lebedev.

Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida salomatlik nuqtai nazaridan imkoniyat cheklangan bolalar o‘rtasida spartakiada o‘tkazishga qaror qilindi. Musobaqalar to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi va dastlabki spartakiada 2024-yilda Rossiyada tashkil etilishi belgilandi, yozgisi esa 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirildi.