Toshkent viloyatining Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.
Bu haqdagi qaror 7-aprel, juma kuni xalq deputatlari kengashi sessiyasida qabul qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari vaqtinchalik lavozimga tayinlandi.
Kun.uz manbasiga tayanib xabar berishicha, Soliyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Muzaffar Soliyev 2017-yil 5-iyuldan 2021-yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlab kelgan. Prezident uni “ishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari, berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagani” uchun ishdan bo‘shatgandi. Soliyev 2021-yil 15-yanvardan Nurafshon hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.