2023-yilda davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishning zamonaviy shakllari joriy etila boshlanadi. Bu 2023-yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan [PF-27-son] davlat dasturida qayd etilgan.

Dasturning 22-bandida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun avgust oyiga qadar rezidentning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, mahalla raisi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkazadi.

Har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi.

Davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar berish, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvi, monitoringi, ekspertizasini o‘tkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi.

Mazkur band ijrosi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Adliya vazirligiga topshirilgan. Nazoratchi esa Senat raisi Tanzila Narbayeva.

Avvalroq mazkur dastur asosida mahallalarga tuman va shahar mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, kun tartibini ishlab chiqish va muhokama qilishda qatnashish huquqi berilishi haqida yozgandik. Qolaversa, 2327 ta mahalla uchun esa yangi bino qurib berilishi reja qilingan. sentabrda esa “Mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan o‘rni” xalqaro forumi o‘tkaziladi.