Siyosat

O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
25 avgust 2023, 08:31

O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “ukrain do‘stlar”ni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, “osmoni tinch bo‘lishi, abadiy gullab-yashnashi va farovonlikni” tiladi.

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident
24 avgust 2023, 22:24

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident

Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.

Turkmanistonning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi
24 avgust 2023, 19:42

Turkmanistonning yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi

Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi
24 avgust 2023, 15:22

Senat “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi

Senatorlar “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunni rad etdi. Bunga hujjatdagi ayrim normalarning tadbirkorlik faoliyati erkinligi va daxlsizligiga oid kafolatlariga zidligi, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ldi.

“O‘zbekistondan sovg‘a”. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Fuzuliyda maktab ochilishida ishtirok etdi (foto)
23 avgust 2023, 21:47

“O‘zbekistondan sovg‘a”. Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Fuzuliyda maktab ochilishida ishtirok etdi (foto)

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari hamda ularning rafiqalari Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. “Bu Qorabog‘ni tiklashda xorijiy davlatning ilk sovg‘asidir”, — dedi Ilhom Aliyev. Maktab haqida nimalar ma’lum?

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi
23 avgust 2023, 14:41

O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili ish boshladi

Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi
23 avgust 2023, 11:51

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasiga Devid Xofman rahbar bo‘ldi

Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi
23 avgust 2023, 10:30

Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

Senatning 24-avgustdagi yalpi majlisida valyutani tartibga solish, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari natijalari ham muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi
23 avgust 2023, 09:40

O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengash tashkil qildi

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi
21 avgust 2023, 10:40

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi
21 avgust 2023, 10:13

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi
21 avgust 2023, 09:27

Prezident Budapeshtdagi yengil atletika bo‘yicha JCHga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi, avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?
20 avgust 2023, 12:00

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlardan foydalandi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda eng ko‘p “tadbirkor”, “biznes”, “soliq” so‘zlarini ishlatdi. Tahlil tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko‘rsatmoqda.

Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi
20 avgust 2023, 11:57

Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, PA rahbari lavozimi tugatildi, yana ikkita prezident yordamchisi lavozimi joriy etildi, maslahatchilar soni 9 nafardan 11 nafarga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
20 avgust 2023, 09:59

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

Budapeshtga amaliy tashrif bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

O‘zbekistondan Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natildi
19 avgust 2023, 12:28

O‘zbekistondan Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natildi

O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yuk Ukrainaga yetkazildi. Ulardan kiyim-kechak hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh Toshkentga yetib kelgandi.

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi
19 avgust 2023, 09:43

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi

“Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan Xurshid Usmonov Qamashi tumani hokimi etib tayinlandi.

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident
18 avgust 2023, 21:43

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlari 6 trln so‘m zarar ko‘rdi, dedi prezident. Davlat rahbari qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi
18 avgust 2023, 20:35

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Vengriyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. U faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuni tadbirlarida qatnashib, Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha JCH yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQShda o‘tadigan birinchi “C5+1” sammitiga taklif qildi
18 avgust 2023, 19:02

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQShda o‘tadigan birinchi “C5+1” sammitiga taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Markaziy Osiyo — AQSh” (“C5+1”) formatidagi birinchi sammitga taklif qildi. U sentabr oyi oxirida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining ochilish kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting