Siyosat

“Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirishdan boshqa yo‘l yo‘q” — O‘zbekiston prezidenti
20 sentabr 2023, 07:13

“Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirishdan boshqa yo‘l yo‘q” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi minbarida so‘zlarkan, Markaziy Osiyo mintaqasida “mintaqaviy o‘ziga xoslikni anglash” tuyg‘usi kuchayib borayotganini ta’kidladi. “Bizning tarix va kelajagimiz ham, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiydir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q!”

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar rahbarlarini “umumiy manfaatlar yo‘lida jipslashish”ga chaqirdi
20 sentabr 2023, 06:58

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar rahbarlarini “umumiy manfaatlar yo‘lida jipslashish”ga chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida “ishonch inqirozi” va “xalqaro huquq me’yorlaridan chekinish” tufayli dunyoda keskinlik ortib borayotganini ta’kidladi. U mamlakatlarni “umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda” jipslashishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — AQSh” sammitida ishtirok etdi
20 sentabr 2023, 06:31

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — AQSh” sammitida ishtirok etdi

Prezident Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining “S5+1” formatidagi birinchi sammitida ishtirok etdi. Unda “butun mintaqa taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega” hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.

Qonunchilik palatasida majlisda qatnashmayotgan uch deputat nomidan ovoz berildi
19 sentabr 2023, 22:23

Qonunchilik palatasida majlisda qatnashmayotgan uch deputat nomidan ovoz berildi

Qonunchilik palatasi majlisida qatnashmayotgan uch nafar deputat nomidan ovoz berildi. Jumladan, kun tartibini tasdiqlashda ovozlar inobatga olindi. Spiker deputatlarning yo‘qligini payqagach, ularning ovozlarini hisobga olish to‘xtatildi.

Iqtisodingiz har bir fuqaro ishtirok etsagina o‘sishi mumkin — Anjali Kaur
19 sentabr 2023, 18:42

Iqtisodingiz har bir fuqaro ishtirok etsagina o‘sishi mumkin — Anjali Kaur

USAID`ning O‘zbekistondagi maqsadlari qanday? Agentlik mamlakatda qaysi sohalarda ish olib boryapti? Nima uchun barcha bolalar yaxshi o‘qituvchilari va o‘quv dasturi bor maktabda o‘qishi muhim? “Gazeta.uz” USAID administratorining Osiyo byurosi yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur bilan shular haqda suhbatlashdi.

O‘zbekiston va Yevrokengash prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
19 sentabr 2023, 08:08

O‘zbekiston va Yevrokengash prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish, savdo va sarmoya hajmini oshirish, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

“Noto‘g‘ri talqin qilinmoqda”. Bosh vazir matbuot kotibi — RFning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi haqida
19 sentabr 2023, 00:36

“Noto‘g‘ri talqin qilinmoqda”. Bosh vazir matbuot kotibi — RFning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi haqida

Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Rossiyaning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi internetda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. Uning aytishicha, davlatlar bir-birining hududida maktab qurishi jahon tajribasida bor va shunday maktab qurilsa ham, uning dasturi har tomonlama o‘rganib chiqiladi.

O‘zbekiston va RF o‘rtasida yadro tibbiyoti va kadastr baholash tizimini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi
18 sentabr 2023, 23:14

O‘zbekiston va RF o‘rtasida yadro tibbiyoti va kadastr baholash tizimini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida strategik sheriklik, 2023−2024-yillarda kadastr baholash tizimini yaratishda O‘zbekiston tomoniga tekin texnik yordam ko‘rsatish, RFga paxta ip-kalavasini yetkazib berish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 2024-yilga mo‘ljallangan mudofaa sohasida hamkorlik rejasini imzoladi
18 sentabr 2023, 15:31

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 2024-yilga mo‘ljallangan mudofaa sohasida hamkorlik rejasini imzoladi

Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi
17 sentabr 2023, 10:42

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi. Bir necha kun davom etadigan tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi
16 sentabr 2023, 16:32

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi

Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2023, 15:01

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan
16 sentabr 2023, 12:31

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Markaziy Osiyo va AQSh prezidentlarining bo‘lajak sammiti “hech bir davlatga qarshi qaratilmagan”. “Bu biz ishlashni istagan mamlakatlar bilan ijobiy kun tartibi haqida”, dedi u.

MB valyuta operatsiyalari bo‘yicha yangi cheklovlarni bekor qildi
16 sentabr 2023, 12:21

MB valyuta operatsiyalari bo‘yicha yangi cheklovlarni bekor qildi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi, deya ma’lum qildi Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov. Avvalroq tadbirkorlik subyektlarining valyuta operatsiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshirilishi talabi haqida yozgandik.

G‘arb diplomatlari Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashdi
15 sentabr 2023, 16:53

G‘arb diplomatlari Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSh diplomatik vakolatxonalari vakillari “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini tuzishga harakat qilgan Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashib, “O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish jarayonini muhokama qildi”.

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib boraveradi — Shavkat Mirziyoyev
15 sentabr 2023, 16:19

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib boraveradi — Shavkat Mirziyoyev

Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.

Mirziyoyev Afg‘onistonni mintaqadagi suv resurslari bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qildi
15 sentabr 2023, 14:43

Mirziyoyev Afg‘onistonni mintaqadagi suv resurslari bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilayotganiga to‘xtaldi. U kanalning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va Afg‘oniston vakillarini suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qildi.

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi
15 sentabr 2023, 12:15

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
15 sentabr 2023, 10:16

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
14 sentabr 2023, 22:26

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting