Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari vakillari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik holatini muhokama qildilar va uni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab oldilar, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, jumladan, Afg‘oniston bo‘yicha ham fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.