Prezident qaroriga ko‘ra, Kurbanov Zufar Kamilevich Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlovga qadar Zufar Kurbanov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.

Iyul oyi oxirida Najmiddin To‘raxo‘jayev ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.