O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida kun tartibi va bitta qonun loyihasini muhokama qilishda ishtirok etmagan uch deputatning ovozi inobatga olindi.

Parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov yig‘ilishda ishtirok etgan 112 nafar deputatni, jumladan, Qonunchilik palatasining Toshkent shahridagi 103 nafar deputatini hamda va masofadan 9 nafar deputat: Qashqadaryo viloyatidan 3 nafar va Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidan 6 nafar deputatni ro‘yxatga oldi.

Kun tartibidagi masala muhokama qilinayotganda Xorazm viloyatidan barcha 6 deputat yoqlab ovoz bergan.

Shundan so‘ng parlament a’zolari ma’muriy islohotlar doirasida qo‘mitalar va inspeksiyalarning nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan 13 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunuvchi Agrosanoat majmui faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi nomlari o‘zgarmoqda.

Xorazm viloyatidagi studiya vakili yana 6 nafar deputat qonun loyihasini birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

нурдинжон исмоилов, олий мажлис qonunчилик palatasi

Qonunchilik palatasi deputatlari Nurdinjon Ismoilov

Spiker studiyada “olti deputat ko‘rinmayotganini ta’kidladi. Muloqot quyidagicha kechdi:

— Hurmatli spiker, hozir uchtasi yetib keladi…

— Unaqa demang. Borini ayting. Yarimga kamaytiring. Unaqa bo‘lmaydi.

Ikkinchi o‘qishda ovoz berish chog‘ida Xorazm viloyatidan 3 nafar deputat “yoqlab” ovoz bergan deb hisoblandi.