O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlariga qo‘yligan valyuta operatsiyalari bo‘yicha yangi cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda MB boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Avvalroq mazkur qaror Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasining 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, so‘ngra tartibga soluvchi organ rahbariyati tomonidan qabul qilingani haqida yozgandik.

Xususan, 18-sentabrdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chet el valyutasini sotib olish va valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq amaliyotlari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali o‘tkazilishi kerak.

Shanba kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mamarizo Nurmuratov bir kun oldingi qaror bekor qilingani va bu haqda tijorat banklari ogohlantirilganini aytib o‘tdi.

Tarmoqlarda shuningdek, MBning tijorat banklariga cheklovlarni ijro etmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma xati surati ham tarqaldi. Unda bank qo‘mitasining 15-sentabrdagi qarori bekor qilingani qayd etilgan.