Prezidentning 12-sentabrdagi qarori bilan Mamanbiy Allabergenovich Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

2022-yil 1-dekabr kuni Omarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri etib tayinlangandi va shu paytgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgandi.

Undan avval O‘zbekiston Transport vazirligining Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rag‘batlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.