O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan, Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev Andijon viloyat sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Farxodjon Boqijonovich G‘aniyev tayinlandi, shu munosabat bilan u Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Lukmon Muxtarovich Kadirov Buxoro viloyat sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev tayinlandi. Bungacha u O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

O‘tkirjon Buranovich Djumayev Jizzax viloyat sudining raisi lavozimidanozod etildi. Uning o‘rniga Akram Gayratovich Shukurov tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Bahodir Xusainovich Polvanov — Xorazm viloyat sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Shuhrat Maratovich Kamolov tayinlandi. Bungacha u Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

Akrom Jo‘raqulovich Utayev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha u O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Farrux Soyibjonovich Abduraimov sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan.