14-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Ayollar muloqotining navbatdan tashqari yig‘ilishi “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sharoitida gender tengligiga erishish” mavzusida tashkil etildi.

gender тенглик, дuшанбе, марказий осиё mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti

Yig‘ilishda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish, ayol-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydigan platforma yaratish hamda dolzarb muammolarning samarali yechimiga qaratilgan strategiya va dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tanzila Narbayeva o‘z nutqida hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo dunyoning boshqa ko‘plab mintaqalariga qaraganda global iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini ko‘proq boshdan kechirayotgani, bu, o‘z navbatida, suv resurslari tanqisligini, muzliklarning erishini va cho‘llanish jarayonlarini tezlashtirayotganini qayd etdi.

“Orol dengizining qurishi va qurigan tubida Orolqum tuzli cho‘lining paydo bo‘lishi mintaqada kompleks ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Aynan shu sababli BMT bosh assambleyasi Orol fojiasini zamonamizning global ekologik muammosi sifatida tan oldi”, — dedi u.

gender тенглик, дuшанбе, марказий осиё mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti

Senat raisi Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti faoliyatiga to‘xtalib, “qisqa vaqt ichida davlat rahbarlari, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, Parlamentlararo ittifoq, SHHT, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanayotgani”ni ta’kidladi.

Muloqotning ish rejasida mintaqada atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va genderga oid jihatlarni hisobga olgan holda ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tashabbusi bildirildi.

Shuningdek, gender kun tartibini ko‘p tomonlama formatda ekologik xatarlarni bartaraf etish maqsadida yanada keng ilgari surish, bunda xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklif qilindi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga 2020-yil dekabr oyida O‘zbekiston tashabbusi bilan asos solingan. 2021-yilda muloqotga O‘zbekiston raislik qilgan.

Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustami Emomali bilan ham uchrashgandi.

gender тенглик, дuшанбе, марказий осиё mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlamenti yuqori palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan. Shuningdek, chegaradosh viloyatlar va tumanlar deputatlari o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olingan.