Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning O‘zbekistonda maktab qurib berish taklifi internetda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. O‘zbekiston bosh vaziri matbout kotibi Bekzod Hidoyatov shunday dedi.

18-sentabr kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida Rossiya o‘zbek tomoni manfaatdor bo‘lsa, O‘zbekistonda Rossiya dasturlari bo‘yicha rus tilida ta’lim beriladigan bir nechta maktablar qurishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Bunga javoban O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov: “Rus tilidagi maktablar qurish bo‘yicha takliflarni katta minnatdorchilik bilan qabul qilamiz, — dedi.

O‘zbekiston jamoatchiligi bu taklifga iliq qarshi olgani yo‘q. Xususan, ta’lim eksperti Komil Jalilov O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish majburiy ekanini qayd etdi. Rossiya o‘quv dasturlariga Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini oqlovchi darslar va mavzular kiritilgan, umuman, maktab ta’limi propagandaning bir qismiga aylangan.

“Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy kelishuvlarga asosan, bir davlat hisobidan boshqa davlat hududida maktab va shunga o‘xshash ijtimoiy obektlar qurish an’anasi jahon tajribasida mavjud. Bu o‘zaro ijtimoiy yordam sifatida tasniflanadi”, — deyata’kidladi Bekzod Hidoyatov.

“Xorijiy mamlakatlar tomonidan qurib beriladigan maktablarning ta’lim dasturlari dastlab soha mutaxasissislari tomonidan milliy urf-odat, qadriyat va an’analarimiz, tariximiz, amaldagi qonun hujjatlarimiz, mavjud ta’lim standartlarimiz nuqtai nazaridan chuqur o‘rganib chiqiladi”, — deya qayd etdi matbuot kotibi.

U ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘radi.