Siyosat

O‘zbek deputatlari rossiyalik deputatning Rossiyada migrantlarning bolalari uchun maktablar qurilishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi
21 oktabr 2023, 14:32

O‘zbek deputatlari rossiyalik deputatning Rossiyada migrantlarning bolalari uchun maktablar qurilishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Rossiyalik deputat Mixail Delyaginga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlarning bolalari uchun xususiy maktablar qurish taklifi Rossiya fuqarolariga nisbatan “kamsitish” va bu Rossiyaning yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonlik deputatlar bu ayblovlar “munosabatlarda hushyorlikka da’vat etishini” ta’kidladi.

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
19 oktabr 2023, 21:20

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
19 oktabr 2023, 16:57

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Buxoroda Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanovni qabul qildi. Tomonlar 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumini imzoladi.

Eron va O‘zbekiston viza rejimini bekor qilishni rejalashtirmoqda
19 oktabr 2023, 15:38

Eron va O‘zbekiston viza rejimini bekor qilishni rejalashtirmoqda

Eron turizm vaziri Ezzatollah Zarg‘amiy O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik vizalarini bekor qilish yo‘llari izlanayotganini ma’lum qildi.

Dilshod Raximov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
19 oktabr 2023, 14:16

Dilshod Raximov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Raximov tayinlandi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev missiyasini yakunladi
19 oktabr 2023, 11:44

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev sakkiz yillik missiyasini yakunlamoqda. U Eurogospodarka nashriga intervyu berib, Polshaning qaysi investorlari O‘zbekistonga kelishga tayyorligini, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvni boshlash rejalari haqida gapirdi.

O‘zbekiston FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent FVB boshlig‘i etib tayinlandi
18 oktabr 2023, 22:18

O‘zbekiston FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent FVB boshlig‘i etib tayinlandi

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtar Muxitdinov Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro sa’y-harakatlarni “Yashil ipak yo‘li” doirasida bog‘lashni taklif qildi
18 oktabr 2023, 16:10

Shavkat Mirziyoyev xalqaro sa’y-harakatlarni “Yashil ipak yo‘li” doirasida bog‘lashni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti “Bir makon, bir yo‘l” forumida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo va Ipak yo‘li mamlakatlari iqtisodiyot tarmoqlarini “yashil” taraqqiyot talablari asosida transformatsiya qilish, shuningdek, “Yashil moliyalashtirish” jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi.

AQSh elchisi — Afg‘onistondan O‘zbekistonga 2021-yilda o‘tgan 40 dan ortiq harbiy aviatexnika haqida
18 oktabr 2023, 14:39

AQSh elchisi — Afg‘onistondan O‘zbekistonga 2021-yilda o‘tgan 40 dan ortiq harbiy aviatexnika haqida

2021-yil avgustida Afg‘onistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot taqdiri hamon AQSh va O‘zbekiston rasmiylari tomonidan muhokama qilinmoqda, deya AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Xenik “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi. Harbiy aviatexnikalar Surxondaryoda qolmoqda.

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida
18 oktabr 2023, 11:49

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida

18-oktabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga zarba berilishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV buni “dahshatli zo‘ravonlik” deb atadi. “Buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston yil oxirigacha Qo‘shtepa kanali yuzasidan Afg‘onistonga hukumat delegatsiyasini yuboradi
17 oktabr 2023, 22:57

O‘zbekiston yil oxirigacha Qo‘shtepa kanali yuzasidan Afg‘onistonga hukumat delegatsiyasini yuboradi

“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi
17 oktabr 2023, 18:15

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi

O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkentda Sinxua va Pekin universitetlari filiallarini ochish taklifi bildirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi
17 oktabr 2023, 15:08

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi
16 oktabr 2023, 18:36

O‘zbekiston prezidenti Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi

Dunyoning turli mintaqalaridagi nizo va beqaror vaziyatlar turizmga pandemiyadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti YUNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida. U Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi
16 oktabr 2023, 16:47

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashib, ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkilot sammiti doirasida shaharda Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisi ochiladi.

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev
16 oktabr 2023, 12:41

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi
16 oktabr 2023, 09:48

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi

Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
16 oktabr 2023, 08:11

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi
15 oktabr 2023, 21:39

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi
15 oktabr 2023, 10:50

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting