Polkovnik Muxtar Yashnarovich Muxitdinov Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Bungacha u (may oyidan) favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Muxtar Muxitdinov 1973-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.

Avvalroq vazirning mahallalarni va keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

sentabr oyida 2021-yil fevral oyidan buyon Toshkent FVB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshan Haydarov FVV akademiyasiga rahbar etib tayinlangan edi.