19-oktabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Buxoro shahrida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanovni qabul qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Vazirlar Buxoro poligoniga borib, u yerda harbiy delegatsiyani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bahodir Qurbonov hamkasbini qutlar ekan, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik ikki davlat armiyasini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, ikki davlat mutaxassislari delegatsiyalarining muntazam o‘zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandumni imzoladi.

Foto

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон

mudofaa vaziri, озарбайжон