Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Bunyod Soxibnazarovich Egamnazarov Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, tayinlovga qadar polkovnik Bunyod Egamnazarov Namangan shahri FVB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Andijon viloyati FVB boshlig‘i ham o‘zgardi, endi boshqarmaga Botir Muqimovich Ashurov rahbarlik qiladi.

Tayinlovga qadar polkovnik Botir Ashurov Farg‘ona viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i lavozimida ishlagan.