O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Raximov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlovga qadar Dilshod Raximov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilshod Raximov 1978-yilda tug‘ilgan. 2002-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010-yildan Bosh prokuratura huzuridagi departamentda, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.