Prezident farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu lavozimga qadar u departamentning Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i edi.

Departamentni 2019-yildan buyon Dilshod Rahimov boshqarib kelayotgandi. Uning boshqa ishga o‘tgani bo‘yicha ma’lumot berilmagan.