O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariyning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi, deya xabar qildi TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Tomonlar O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

“Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Baxtiyor Saidov.