O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Toshkentda anomal sovuq vaqtida elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minotida keng miqyosda avariyalar sodir bo‘lganida chiqarilgan “saboqdan natija nima bo‘lganini ko‘rish” maqsadida shanba kuni Chilonzor tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Buning uchun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablag‘lar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qo‘shimcha o‘qitildi, ularning oyliklari oshirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir ko‘p qavatli uy, maktab, shifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlash bo‘yicha yana topshiriqlar berdim”, — dedi davlat rahbari.

“Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Shu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish kerak. Sizga o‘xshagan ko‘pni ko‘rgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga ko‘makchi bo‘lishi zarur”, — deya ta’kidladi u.

anomal sovuq, kuz-qish мавсuми, шавкат мирзиёев, energiyaни tejash

Prezident, shuningdek, “Yashil Makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berib, mahallalardan biriga aholi bilan birgalikda ko‘chat o‘tqazdi. Joriy mavsumda 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilganini yozgan edik.

Yangi va yangilangan obyektlar

anomal sovuq, kuz-qish мавсuми, шавкат мирзиёев, energiyaни tejash

Shavkat Mirziyoyev ushbu tumanda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini ham ko‘zdan kechirdi. Ma’lumki, o‘tgan qishdagi anomal sovuqda issiqlik ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi. Chilonzor tumanining Oqtepa va Bog‘zor mahallalari vaziyat murakkab bo‘lgan hududlardan edi. Bu yerda 50 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta ijtimoiy muassasa va o‘nlab tadbirkorlik shoxobchalari bor.

Ushbu holatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu yerda bir vaqtning o‘zida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kogeneratsion qurilmalar ishga tushirildi. Ular soatiga 4,6 MVt elektr energiyasi hamda 29 gigakaloriyadan ortiq issiqlik ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Turkiyaning Iltekno kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihaga Germaniyadan gaz-porshenlar hamda “Bosch” qozonlari keltirib o‘rnatildi. Shuningdek, qozonxonadan iste’molchilargacha bo‘lgan barcha issiqlik ta’minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilindi. Issiqlik magistrali almashtirildi, har bir turar joy binosi va ijtimoiy obyektlarda alohida issiqlik taqsimlash punktlari o‘rnatildi. Jami 13 ming metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini yangi, izolyatsiyali quvurlarga almashtirish hisobiga to‘liq yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.

Loyihaning yana bir samarali jihati — issiqlik taqsimlash punktlari maxsus datchiklar bilan jihozlangan. Havo sovib yoki isib ketishiga qarab, uy ichidagi harorat mo‘’tadil saqlab turiladi.

Majmua ishga tushirilishi natijasida yiliga 5,3 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar 67 foiz kamayadi, oqova suv tashlanmalari esa umuman bo‘lmaydi.

Bog‘zor va Oqtepa mahallalaridagi transformatorlar almashtirildi, elektr uzatish tarmoqlari yangidan tortildi. Bunga qo‘shimcha, ko‘p qavatli uylar tepasiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

anomal sovuq, kuz-qish мавсuми, шавкат мирзиёев, energiyaни tejashPrezident “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Shayxontohur tumanidagi 3-sonli issiqlik markazini ham borib ko‘rdi. Bu majmua 1972-yilda qurilgan. Bu yerdagi 5 ta qozonxona umumiy qiymati 400 Gkal quvvatga ega. Jami 491 ta ko‘p qavatli uy, 150 dan ortiq ijtimoiy soha muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

O‘tgan qishda havo keskin sovib ketishi oqibatida tabiiy gaz bosimi pasayib, iste’molchilarga issiqlik yetkazish qiyin bo‘lgan edi. Shuning uchun joriy yilda issiqlik markazida muqobil yoqilg‘idan foydalanish imkoni yaratildi. Xususan, mazut xo‘jaligi qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda — gaz va mazutda ishlashga moslashtirildi. Barcha qozonxonalar ta’mirlandi. Shuningdek, gaz bosimini ta’minlash maqsadida inshootga 4,6 kilometr alohida quvur tortildi.

Bu sa’y-harakatlar natijasida kuz-qish mavsumida iste’molchilarni issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash imkoni yaratildi. Xususan, tarmoq 30 daraja sovuq haroratgacha barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi kamaytirilgan. Natijada aholiga 65 darajadan kam bo‘lmagan issiqlik yetkazib beriladi.

Xuddi shu tartibda 5-sonli issiqlik markazi ham modernizatsiya qilingan.

“Ochig‘i, uzoq yillar davomida bu tizimga e’tibor bo‘lmagan. Issiqlik korxonalari eski resursda, eskicha uslubda ishlab kelgan. Lekin olingan issiqlik sarflangan xarajatga nisbatan o‘zini oqlamadi. Bundan odamlar ham rozi bo‘lmadi, korxonalar ham manfaat topmadi. O‘tgan yilgi sinovdan va imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilayapmiz. Endi issiqlikni saqlash va tejash choralarini ko‘rish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

anomal sovuq, kuz-qish мавсuми, шавкат мирзиёев, energiyaни tejashDavlat rahbari, shuningdek, Shayxontohur tumanida “Paxtakor” stadioni yaqinidagi yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi. Loyiha doirasida “Traktorsoz” podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, 2 ta transformator o‘rnatildi. Ob’ek kelgusi oyda ishga tushiriladi.

Buning natijasida poytaxt markazida kafolatlangan 130 MVt qo‘shimcha elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ayni paytda yana 5 ta podstansiya qurish va 4 ta podstansiyani ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ular jami 850 MVt quvvat beradi.