Siyosat

O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
26 yanvar 2024, 20:59

O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi konsuli vazifasini bajarishga kirishdi
26 yanvar 2024, 18:50

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi konsuli vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)
26 yanvar 2024, 12:51

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi
26 yanvar 2024, 10:02

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
25 yanvar 2024, 19:05

Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Guandun muzofotiga bordi
25 yanvar 2024, 10:50

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Guandun muzofotiga bordi

Prezident Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri va Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy zona hisoblangan Shenchjenga bordi. Muzofot partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni, birinchi navbatda, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
24 yanvar 2024, 20:13

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari atrof-muhitni muhofaza qilish, inson resurslarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, Xitoydan Yevropaga temir yo‘l ekspresslari yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va “Havo ipak yo‘li"ni birgalikda qurish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi
24 yanvar 2024, 19:50

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
24 yanvar 2024, 17:19

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi
24 yanvar 2024, 09:24

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi
23 yanvar 2024, 20:52

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.

O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi
23 yanvar 2024, 09:50

O‘zbekiston 2027−2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Qo‘shilmaslik harakatining barcha a’zolari 2027−2029-yillarda harakat raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2024, 17:25

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
22 yanvar 2024, 16:34

O‘zbekistonning yangi elchisi Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Erondagi elchisi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ajratildi. Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
20 yanvar 2024, 21:25

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ajratildi. Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

O‘zbekiston prezidenti Yoshlar siyosati va sport vazirligining ajralishini va Yoshlar ishlari agentligini Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazishni tasdiqladi.

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
20 yanvar 2024, 13:05

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
19 yanvar 2024, 18:10

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi
19 yanvar 2024, 15:46

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi

Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.

O‘zbekiston va YeI sheriklik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolashdan manfaatdor ekanini bildirdi
19 yanvar 2024, 14:43

O‘zbekiston va YeI sheriklik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolashdan manfaatdor ekanini bildirdi

Bryusselda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Yevrokomissiya vakili Jivka Petkova bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolanishidan manfaatdor ekanini bildirdi.

Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova Oliy suddagi lavozimidan ozod etildi
19 yanvar 2024, 14:33

Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova Oliy suddagi lavozimidan ozod etildi

Senatorlar Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etishni ma’qulladi. Manbaga ko‘ra, u 2023-yilda prezidentlikka o‘zining nomzodi ko‘rsatilgan “Adolat” partiyasini boshqarishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting