24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. XXR raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladi.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul boshlig‘i prezidentga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashgani haqida yozgandik. Tashrif tafsilotlari bilan quyidagi o‘xshash xabarlar bo‘limida tanishish mumkin.

Foto

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой

шавкат мирзиёев, си цзиньпин, хитой