26-yanvar kuni O‘zbekistonning Hindistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev Dehli shahriga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Sardor Rustamboyev 1978-yilda tug‘ilgan. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.

U Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000-yildan buyon qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan. 2018−2023-yillarda Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.

U 2019-yilda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan yosh va progressiv rahbarlarning Top-35 ro‘yxatiga kiritilgandi.

Sardor Rustamboyev 2020—2023-yillarda Dehlidagi elchixonaga yetakchilik qilgan va 2023-yil sentabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov o‘rnini egalladi.