Prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman va shaharlar bo‘limlariga ega, 9300 dan ortiq mahallani birlashtirgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etilib, yanvar oyida unga Qahramon Quronboyev rais etib saylandi.

Uyushmaning ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilinar ekan, “mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”ligi ta’kidlab o‘tildi. O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev “Mahallalar — davlatimizning eng katta zamini”, deya fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirishimiz zarur”.

Quyida “Gazeta.uz” uyushmaning hududiy boshqarmalariga tayinlangan rahbarlar bo‘yicha ma’lumot beradi.

 Foto: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Foto: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

Toshkent shahri

Furqat Sidiqxo‘jayevich Mahmudxo‘jayev O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Mahmudxo‘jayev 1965-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Ko‘p yillar davomida Toshkent shahri Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari, shahar hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Toshkent viloyati

Shuxrat Xoshimov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Xoshimov 1976-yilda O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi — iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Qashqadaryo viloyati

Dolli Hakimovich Allayev uyushmaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Bunga qadar u viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Jizzax viloyati

Baxtiyor Soatov Mahallalar uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasiga boshliq bo‘ldi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sag‘indiq Turmanov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Sag‘indiq Turmanov 2023-yil fevral oyida Qoraqalpog‘iston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘lgandi. Ungacha esa Qoraqalpog‘iston mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasida faoliyat olib borgan.

Xorazm viloyati

Odilbek Sadullayevich Artiqov uyushmaning Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Artiqov 1978-yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Qo‘shko‘pir tumani hokimining 1-o‘rinbosari, viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, Shovot tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Farg‘ona viloyati

Adxam To‘xtasinovich Ziyavitdinov uyushmaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Ziyavitdinov 1961-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini huquqshunos mutaxassisligi bilan tamomlagan. Uzoq yillar davomida Harbiy prokuratura tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari hokimi bo‘lgan.

“Gazeta.uz” 2023-yil iyul oyida prezident Ziyavitdinovning Marg‘ilon shahri hokimligidan olinishini aytganidan bir kun o‘tib hokimning o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqarganiga e’tibor qaratgandi. E-qaror.gov.uz portaliga joylashtirilib, so‘ngra yashirib qo‘yilgan farmoyishni viloyat prokuraturasi nazoratga olgandi.

Andijon viloyati

Uyushmaning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Maxamadjon Sadikjanovich Nishanov tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Podpolkovnik Nishanov 1969-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1992-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2004-yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida ichki ishlar tizimda bir qancha lavozimlarda, jumladan, Andijondagi 4 ta shahar va tumanda IIB boshlig‘i, Jizzax viloyati IIB boshlig‘i 1-o‘rinbosari, Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Andijon viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Namangan viloyati

Ilhomjon Burxonovich Ikromov O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Ilhomjon Ikromov 1966-yilda Norin tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 2002-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1989-yilda Namangan viloyati uy-joy jamg‘arma banki iqtisodchisi vazifasidan boshlagan.

1992−2020-yillarda moliya sohasi bo‘yicha Namangan viloyat boshqarmalarida hamda Norin tumanida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020−2022-yillarda Norin tumani hokimining o‘rinbosari-mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sirdaryo viloyati

Oybek Abdunabiyevich Karimov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Karimov 1972-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. Guliston davlat universiteti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati mobaynida davlat boshqaruvi organlarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Surxondaryo viloyati

Sherpo‘lat Mamaraimovich Boyqulov Mahallalar uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Tayinlovga qadar u Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.

Navoiy viloyati

G‘ofir Quvatovich Aliyev uyushmaning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

G‘ofir Aliyev 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2001-yil O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2015-yilda Xatirchi tumani hokimi sifatida ishlab yurganida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Buxoro viloyati

Murodjon Anvarovich Umarov Mahallalar uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi

Umarov 1957-yil 21-fevralda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida G‘ijduvon ip-yigiruv fabrikasi direktori, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisining o‘rinbosari, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, G‘ijduvon tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi. Umarov 2012-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Samarqand viloyati

Sherali Yo‘ldoshev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

o‘zбекистон mahallalari uyushmasi