Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

“Shoudu” xalqaro aeroportida ularni XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 24-yanvar kuni O‘zbekiston rahbari XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.